Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Markaziy Osiyo. Ko‘p qirrali hamkorlik mexanizmi (+video)
18:00 / 2023-02-06

-

bugungi globallashuv zamonida, tezkor davrda xalqaro maydonda yuz berayotgan muhim, dolzarb voqealar bisyor. Binobarin, O‘zA odatda o‘quvchilar uchun eng qiziqarli bo‘lgan mavzularga murojaat qiladi ko‘p. "Tashrif" dasturining navbatdagi sonida Markaziy Osiyo mintaqasida sodir bo‘layotgan hodisalar tafsilotini siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov bilan birgalikda tahlil qilamiz.

- Kamoliddin aka, suhbatimizni O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi bugungi munosabatdan boshlasak. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 26-27 yanvar kunlari Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov taklifiga binoan ushbu mamlakatda bo‘lib qaytdi. Davlat tashrifi doirasida qator muhim mavzular ko‘tarildi. Jumladan, sarhadlar, suv resurslari masalasiga urg‘u berildi. Shu nuqtai nazardan bugun ikki mamlakatning siyosiy-diplomatik yo‘nalishdagi ijobiy natijalari nimalarda ko‘rinadi?

- Sobiq ittifoq davridan keyin Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida chegara maqomini, ya’ni sarhadlarni aniq belgilash, mahalliy chegaradosh aholi o‘rtasidagi ziddiyatlarni yo‘qotish muhim siyosiy vazifaga aylandi. Shu bois Markaziy Osiyo mintaqasida integratsiyaning ahamiyatini anglash, birlikka intilish tafakkuri borgan sari kuchayib bordi. Buning sababi mavjud, albatta.

Shu asnoda O‘zbekiston va Qirg‘iziston uchun, bir tomondan, chegara maqomini uzil-kesil aniqlash, o‘rtada hech qanday savol qoldirmaslik, ikkinchidan, suv resurslarini taqsimlash borasida kelishuvga erishishi diqqat markaziga chiqdi. Eng muhimi hozir shu maqsadga erishildi.

Ehtimol, O‘zbekiston jamoatchiligida ham, Qirg‘iziston jamoatchiligida ham “biz muayyan pozitsiyani qo‘lga kirita olmadik, ayrim pozitsiyalarni berib qo‘ydik” degan fikr uyg‘ongandir va bu tabiiy hol. Zero, har bir davlatda o‘ziga xos qarashlar bo‘lishi, nazarimda, yirik jamiyat uchun odatiy hol. Qolaversa, ayni holat jamiyatning ichki instinkti rivojlanganini ko‘rsatadi. Avvalo, ikki davlat o‘rtasidagi mana shu kelishuvning o‘zi muhim ahamiyatga ega. Xullas, O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasida mana shunday spekulyatsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki mahalliy aholini bir-biriga qarshi gij-gijlashi yoki qandaydir to‘qnashuvga sababchi bo‘ladigan masala, deyarli, qolmadi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/-iGE3eKKwAA" title="Markaziy Osiyo. Ko‘p qirrali hamkorlik mexanizmi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

- Siz uzoq vaqt Yevropa Ittifoqi tarkibidagi Fransiyada istiqomat qilgansiz. Ko‘hna qit’adagi muhitni, jamoatchilikni kuzatib borganingiz ham aniq. Aytingchi, Yevropa Ittifoqi uchun Markaziy Osiyo qanday ahamiyatga ega?

- 2021 yilga qadar Markaziy Osiyoning ahamiyati ikki xil mezonda o‘lchanar edi. Birinchisi – geosiyosat, ya’ni mintaqaning siyosiy, geosiyosiy mustaqilligini parvarishlash va shuning hisobga Rossiya yoki Xitoy singari ulkan yurtlar ta’siriga tushib qolmaslik, mamlakatning o‘zlashtirilishiga imkon bermaslik kerak edi.  

Bilamiz, insoniyat tarixi geosiyosiy qudratli davlatlar, qudratli hokimiyat markazlarining o‘zaro kurashuvidan iborat. Demak, imkon qadar mintaqada Rossiya va Xitoyni “tiyib turish” uchun mintaqa davlatlari bilan hamkorlik juda zarur.

Ikkinchi yo‘nalish – Afg‘oniston. Oxirgi yigirma yilda Afg‘oniston dunyodagi eng yirik urush maydoni bo‘ldi, deyish mumkin. G‘arb, ya’ni AQSH va Yevropa Ittifoqi birgalikda Afg‘onistonda normal davlatni shakllantirishga harakat qildi. Afg‘onistonga kirib borish, doimiy aloqani ushlash uchun uchta jiddiy qo‘shni davlat mavjud. Bular Pokiston, Eron va infrastruktura, yo‘l-transport yo‘lagi nuqtai nazaridan, albatta, O‘zbekiston.

Markaziy Osiyo katta mintaqa, hudud nuqtai nazaridan makro hudud. Aholisi sakson million atrofida va shuning uchun ham Yevropa Ittifoqiga global xavfsizlik, geosiyosat, energetika, insoniy resurs va aynan globallashgan dunyoda xavfsizlik lokal bo‘lmaydi. Zero, qit’aning biror joyida urush, notinchlik yoki murakkab ijtimoiy vaziyat hukmron ekan, qolgan mintaqalar, davlatlar rivojlanishiga ham salbiy ta’sir qiladi. Hech bo‘lmaganda qochqinlar misolida. Buni biz Suriya, Iroq, Afg‘oniston misolida yaqqol ko‘rdik.

Suhbatning to‘liq shaklini O‘zA YouTube kanalida ko‘rish mumkin.

O‘tkir Alimov, Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA