Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Markaziy Osiyo energetiklarining muvofiqlashtiruvchi kengashi ish boshladi
10:21 / 2019-10-11

Bugun, 11 oktabr kuni Toshkentda Markaziy Osiyo energetiklarining Muvofiqlashtiruvchi Kengashi o‘z ishini boshlaydi. Unda kecha Muvofiqlashtiruvchi komissiya tomonidan kun tartibiga qo‘yilgan masalalar muhokama etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Kengashning 32-yig‘ilishi Toshkent shahridagi “Aster” mehmonxonasining muzokaralar zalida bo‘lib o‘tadi. Unda Afg‘oniston Islom Respublikasi kuzatuvchi maqomida ishtirok etmoqda.

Kengashning muvofiqlashtiruvchi kengashi yig‘ilishida “Da Afghanistan Breshna Sherkat” (DABS) vakili Salim Salimiy, “KEGOC” AJ boshqaruv raisi Bakitjan Kajiev, “Qirg‘iziston MET” OAJ bosh direktori Emil Kudanaliev, “Barki Tochik” shirkati raisi Mirza Ibrohim Ismoilzoda, Xalqaro muvofiqlashtiruvchi dispecherlik markazidan Hamidilla Shamsiev, “O‘zbekiston MET” AJ boshqaruv raisi Dadajon Isaqulov va boshqalar ishtirok etadi.

Muvofiqlashtiruvchi Kengashning 32-yig‘ilishiga “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ mezbonlik qilmoqda.