Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Markaziy Osiyo ekspertlari forumi – muhim fikrlar maydoni
10:47 / 2025-08-14

Poytaxtimizda “Markaziy Osiyo – ishonch, xavfsizlik va barqaror rivojlanishning umumiy makoni” VIII Markaziy Osiyo ekspertlar forumi (MOEF) davom etyapti. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) tomonidan tashkil etilgan mazkur anjuman dasturi mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbolini ko‘rib chiqish va ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilashni nazarda tutgan.

2018 yil tashkil etilgan Markaziy Osiyo Ekspertlar Forumi (MOEF) o‘tgan sakkiz yil davomida o‘zini mintaqaviy kun tartibidagi eng dolzarb masalalar muhokama qilinadigan, mintaqamizda hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladigan muhim maydon sifatida namoyon qila oldi. Shu nuqtai nazardan Markaziy Osiyo davlat rahbarlari Maslahat uchrashuvi (MODMU) oldidan o‘tkazilayotgan tizimli ekspertlar muloqoti oliy darajadagi platforma kun tartibini boyitishda muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz.

Umuman, tadbirning ochilish marosimida mamlakatimiz tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev ta’kidlab o‘tganidek, MOEF faoliyatini boshlagan dastlabki yillardagi mo‘’jaz muloqot maydonidan, endilikda mintaqaviy hamkorlikning poydevorini mustahkamlaydigan, asosiy yo‘nalishlarini belgilaydigan g‘oyalar manbai va fikrlar mundarijasiga aylandi.

G‘ayrat Xonnazarov,

Asliddin Alijonov (surat),

O‘zA