Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarildi
12:10 / 2025-12-16

Toshkent shahri yana bir yirik, nufuzli xalqaro tadbir – xalqaro parlament muloqotiga mezbonlik qilmoqda. Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining uchinchi yig‘ilishi davom etmoqda.

Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Odiljon Mamatkarimov shu haqdagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:  

– Inson qadri, ijtimoiy adolat va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘lidagi hamkorlik mavzusidagi uchinchi yig‘ilishning yalpi majlisi Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi yaqin istiqbolga mo‘ljallangan mintaqaviy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlandi.  

Mazkur forumning asosiy  maqsadi – Markaziy Osiyo hamda Koreya Respublikasi o‘rtasida erishilgan oliy darajadagi kelishuvlarning ijrosini ta’minlashga ko‘maklashish, parlamentlararo muloqotni yanada rivojlantirish, o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashda parlamentlararo komissiyalar, do‘stlik guruhlari, yoshlar parlamentlarining ishtirokini kengaytirishdan iborat.

Forum yakunida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari o‘rtasida kelishuvlar hamda istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlariga qaratilgan qo‘shma deklaratsiya qabul qilinadi.  

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, ushbu forum Markaziy Osiyo hamda Koreya Respublikasi o‘rtasida erishilgan oliy darajadagi kelishuvlarning ijrosini ta’minlashga, parlamentlararo muloqotni yanada rivojlantirishga va o‘zaro hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

N.Abduraimova, N.Haydarov (surat), O‘zA