Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Dushanbeda uchrashadi
21:55 / 2023-09-13

Joriy yil 14-15 sentyabr kunlari Dushanbe shahrida Markaziy Osiyoning besh davlati rahbarlari beshinchi maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Sammitda hujjatlar to‘plami, jumladan yakuniy deklaratsiya imzolanishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Tojikiston anjuman doirasida  iqtisodiy forum, olimlar forumi, faol ayollar uchrashuvi, madaniy dastur, milliy taomlar ko‘rgazmasi singari 12 ta qo‘shimcha tadbir o‘tkazish yuzasidan taklif kiritgani ma’lum qilingandi.

Ma’lumki, Dushanbeda Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi ham rejalashtirilgan. Mazkur yig‘ilish yakuni bo‘yicha bir necha qaror imzolanadi.

Bugun navbatdagi maslahat uchrashuvi doirasida transport vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Avvalgisi 2022 yil 21 iyul kuni Qirg‘izistonda o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlarini o‘tkazish tashabbusi 2017 yil Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan.

O‘zA