Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari Qirg‘izistonda yig‘iladi
08:15 / 2022-07-09

Qo‘shni davlat rahbarlarining oxirgi besh yil ichidagi to‘rtinchi maslahat uchrashuvi 21 iyul kuni Issiqko‘l bo‘yida, Cho‘lponota shahrida bo‘lib o‘tadi.

Qirg‘iz Respublikasi rahbari Sadir Japarov va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bo‘lajak yig‘ilishga tayyorgarlik masalasi va kun tartibini allaqachon muhokama qilgan.

Qayd etilishicha, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining hammasi tadbirda ishtirok etish taklifini qabul qilgan.

Darvoqe, rasman Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvi, deb nomlangan mazkur sammit mintaqadagi Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston Prezidentlarining har yili o‘tkaziladigan uchrashuvi hisoblanadi.

Ta’kidlash joiz, Shavkat Mirziyoyev 2017 yil sentyabr oyida Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida maslahat uchrashuvlari o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqan.

Qoidaga ko‘ra, sammit navbatma-navbat shu besh davlatdan birida o‘tkaziladi. Birinchi sammit 2018 yil bahorda Qozog‘iston poytaxtida, ikkinchisi 2019 yil kuzida Toshkentda tashkil etilgan. 2020 yil Bishkekda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan, biroq koronavirus pandemiyasi tufayli bekor qilingan uchinchi anjumanga 2021 yil avgust oyida Turkmanistonning Avaza shahri mezbonlik qildi. Dastlabki rejaga ko‘ra, to‘rtinchi, ya’ni navbatdagi uchrashuv, asli, Dushanbeda bo‘lib o‘tishi kerak edi.

Ulug‘bek Mahmirzayev