FOTOREPORTAJ
Nukus shahrida davom etayotgan “Markaziy Osiyo pedagoglari” xalqaro forumida Markaziy Osiyo davlatlarining ta’lim tizimi vakillari, o‘qituvchilar, xorijiy hamkorlar va xalqaro ekspertlar ishtirok etmoqda.
“Markaziy Osiyo o‘qituvchilari – bir mintaqa, bir ovoz, bir kuch” shiori ostidagi ushbu anjumanda innovatsion metodlar va o‘qitish texnologiyalari, raqamli ta’lim imkoniyatlari hamda ekologik tarbiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish masalalari muhokama qilinmoqda.
[gallery-25613]
Forumning dastlabki kunida mehmonlar Taxtako‘pir tumanida joylashgan “Qora teran” sayyohlik markaziga tashrif buyurdi. Manzilda mehmonlar ishtirokida madaniy-ma’rifiy tadbirlar, o‘quv seminarlari o‘tkazildi. Shuningdek, tadbir doirasida tashkil etilgan qoraqalpoq milliy san’ati namunalari, milliy taomlari ko‘rgazmalari, etnografik badiiy chiqishlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA