Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Markaziy Osiyo davlatlari mudofaa vazirlari uchrashuvi
15:30 / 2025-10-20

20 oktyabr kuni Samarqand shahrida Markaziy Osiyo davlatlari mudofaa vazirlarining birinchi uchrashuvi o‘tkazildi.

Tadbir avvalida ishtirokchilar shahardagi xotira maydonida bo‘lib, Motamsaro ona haykali poyiga gullar qo‘ydilar.

Uchrashuvda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston mudofaa vazirlari ishtirok etdi.

Markaziy Osiyo davlatlari mudofaa vazirlarining birinchi uchrashuviga O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri, general-leytenant Shuhrat Xolmuhamedov raislik qildi.  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning uchrashuv qatnashchilariga murojaatini Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.Mahmudov o‘qib eshittirdi.  

Davlatimiz rahbari o‘z murojaatida keyingi yillarda Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida yaqin qo‘shnilik va o‘zaro ishonch ruhidagi munosabatlar konstruktiv muloqot va strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilganini ta’kidlab, bu aloqalar harbiy mudofaa sohasida ham izchil  rivojlaniyob borayotganini qayd etgan. Ayniqsa, bugun dunyoda ro‘y berayotgan global o‘zgarishlar, xalqaro va mintaqaviy muammolar, xavfsizlik va barqarorlikka tahdidlar kuchayib borayotgan bir paytda mudofaa vazirliklarining o‘zaro hamkorligi juda muhim ahamiyatga ega.

Shuningdek, Prezidentimiz iqlim o‘zgarishi muammolari, suv resurslaridan samarali foydalanish, transport logistika borasida yuzaga kelayotgan murakkab xalqaro masalalarga e’tibor qaratib, bu Markaziy Osiyo mintaqasi uchun dolzarb ekanligini qayd etgan. Mudofaa vazirlari uchrashuvi shu kabi masalalar yechimida ham ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish va birgalikda ish olib borishda muhim ahamiyatga ega bo‘lishi ta’kidlangan.

Uchrashuvda Markaziy Osiyoda mintaqasida xavfsizlikni ta’minlash, mamlakatlararo harbiy va harbiy texnik hamkorlikni rivojlantirish hamda xalqaro terrorizmga qarshi o‘zaro hamkorlik munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tarish, manfaatli aloqalarni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashildi. Shu jihatdan mazkur uchrashuv natijalari ko‘p tomonlama harbiy hamkorlikni rivojlantirish bilan birga, zamonaviy shart-sharoitlarda qo‘shinlarning o‘zaro tajriba almashinuvida ham muhim ahamiyat kasb etishi tabiiy.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston so‘nggi sakkiz yilda xalqaro harbiy hamkorlik yo‘nalishida katta yutuqlarga erishib, ko‘plab davlatlar bilan harbiy va harbiy-texnik yo‘nalishlarda qator kelishuvlar, zamonaviy bilim va tajriba almashish, harbiy soha bo‘yicha sheriklikni tubdan kengaytirish, hamkorlikda harbiy o‘quvlarni o‘tkazish, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash borasida qator kelishuvlarga erishdi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri, general-leytenant Shuhrat Xolmuhamedov tomonidan Markaziy Osiyo davlatlari mudofaa vazirlarining birinchi uchrashuvi bayoni imzolandi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri, general-leytenant Shuhrat Xolmuhamedov Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va Qirg‘iz Respublikalari mudofaa vazirlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.

[gallery-25809]

Muloqotlar chog‘ida harbiy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma tayyorgarlik tizimini takomillashtirish, tajriba va amaliy bilim almashuvini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlik sohasidagi qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar mamlakatlararo harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro terrorizmga qarshi kurashishda o‘zaro hamjihatlikni kuchaytirish, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash hamda davlatlar o‘rtasida ishonchli va barqaror hamkorlik muhitini mustahkamlash masalalarida kelishuvlarga erishdilar.

Uchrashuv qatnashchilari uchun Samarqand shahridagi tarixiy-madaniy yodgorliklar, diqqatga sazovor joylar bo‘ylab sayohat uyushtirildi.  

21 oktyabr kuni Markaziy harbiy okrug “Kattaqo‘rg‘on” poligonida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Ozarbayjon mudofaa vazirliklari bo‘linmalari ishtirokida “Birlik – 2025” mintaqaviy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

G‘olib Hasanov, Alisher Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari