Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Markaziy Osiyo chempionatidan fotoreportaj
11:05 / 2025-10-16

Avval xabar berganimizdek, poytaxtimizdagi Olimpiya shaharchasida chim ustida xokkey bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida Markaziy Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Kecha ayollar va erkaklar jamoalarimiz g‘oliblik uchun maydonga tushdi. Dastlab qizlarimiz qozog‘istonlik tengdoshlari bilan mahorat bobida kuch sinashib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. So‘ngra yigitlar Gonkong jamoasiga qarshi to‘p surdi. Keskin va murosasiz o‘tgan uchrashuv hamyurtlarimiz foydasiga hal bo‘ldi: O‘zbekiston - Gonkong 3:2.

Ertaga qizlar Indoneziya jamoasi bilan o‘ynaydi. O‘g‘il bolalar esa Qozog‘iston jamoasi bilan kuch sinashadi.

[gallery-25752]

Muhammad AMIN (surat), O‘zA