Markaziy Osiyo chempionatida yosh qilichbozlar saralanmoqda
Poytaxtimizdagi “Paxtakor” qilichbozlik zalida qilichbozlikning sablya, shpaga va rapira turlari buyicha 2010-2012 yillarda tug‘ilgan va undan kichik yosh toifasidagi o‘g‘il bolalar hamda qizlar o‘rtasida Markaziy Osiyo ochiq chempionati o‘tkazilmoqda.
Chempionatning sablya yo‘nalishida 2012 yil va undan kichik bo‘lgan o‘g‘il va qizlar yakkalik bahslarda o‘zaro raqobatlashdi. Unda hamyurtlarimizdan Lola Mirzayeva, Soliha Abdujabborova, Madina Dadiljonova hamda Sofiya Makarova g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Ushbu yosh toifasining o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarida qoraqalpog‘istonlik Diyorbek Maksetov barcha raqiblarini yengib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Uning jamoadoshi Otabek Yembergenov kumush, jizzaxlik Ro‘zimurod Shakarov bronza medali bilan taqdirlandi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA