Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Markaziy Osiyo chempionatida yengil atletikachilarimiz peshqadam
10:05 / 2024-05-15

Poytaxtimizda yakuniga yetgan yengil atletika bo‘yicha Markaziy Osiyo ochiq chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 18 ta oltin, 28 ta kumush va 23 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Markaziy Osiyo mamlakatlarining mahoratli sportchilari ishtirok etgan chempionatda yengil atletikachilarimizdan Hasan Mirsoatov, Elina Silyamiyeva, Sanjar Ashurov, Nargiza Qo‘chqorova, Sabohat Samijonova, Sharifa Davronova va Nodir Norboyev kabi sportchilarimiz oltin medallarga egalik qilish bilan birga, O‘zbekiston sport jamoasining umumjamoada 1-o‘rinni egallashiga munosib hissa qo‘shdi.  

–Mazkur chempionat iste’dodli sportchi yoshlarni saralash, tanlash qatorida yetakchi yengil atletikachilar uchun nufuzli musobaqalarga tayyorgarlik vazifasini o‘tadi. Bundan tashqari, turli yosh toifasidagi terma jamoalarni shakllantirish, hozirdan "Toshkent-2025" o‘yinlarida qatnashish imkoniyatiga ega sportchilarni aniqlashda ham Markaziy Osiyo ochiq chempionatining o‘rni beqiyos bo‘ldi, – deydi Yengil atletika bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabi direktori San’at G‘ulomnazarov.  

Musobaqalar yakunida g‘olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.  

 

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA