Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Markaziy Osiyo chempionati qizg‘in pallada
12:12 / 2024-12-20

Poytaxtimizda o‘tayotgan qilichbozlik bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionatining rapira yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan jamoaviy bahslarda g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Musobaqaning U12 yosh toifasidagi o‘g‘il bolalar bellashuvida Farg‘ona 1 jamoasi musobaqa g‘olibiga aylangan bo‘lsa, Qoraqalpog‘iston ikkinchi, Andijon 1 va Toshkent 1 terma jamoalari uchinchi o‘rindan joy oldi. Qizlar bahsida esa Toshkent 1, Andijon, Farg‘ona va Toshkent 3 termalari shohsupaga ko‘tarildi.

O‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan qilichbozlar o‘rtasidagi bahslarda Farg‘ona jamoasi yigitlari chempionga aylandi. Toshkent 1 qizlar jamoasi esa barcha raqiblarini yengib, oltin medal sohibi bo‘ldi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA