Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Markaziy Osiyo chavandozlari bahsi
19:55 / 2015-04-24

Toshkent viloyatida ot sporti bo‘yicha Jahon kubogining Markaziy Osiyo ligasi I saralash bosqichi boshlandi.

2C (1).jpg
Toshkent viloyatida ot sporti bo‘yicha Jahon kubogining Markaziy Osiyo ligasi I saralash bosqichi boshlandi.

Xalqaro ot sporti federatsiyasi (FEI), O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda mamlakatimiz ot sporti federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada ellik nafarga yaqin sportchi g‘oliblik uchun bahslashmoqda.

Musobaqa oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida Prezident Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda sportni, jumladan, Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan sport turlarini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor samarasida ot sporti ham mamlakatimizda jadal rivojlanayotgani ta’kidlandi. Nufuzli musobaqalarni xalqaro talablarga muvofiq tashkil etish, ot sportining milliy va zamonaviy turlarini uyg‘un rivojlantirish, joylarda zamonaviy maktablar faoliyatini yanada kuchaytirish bunda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Poytaxtimizda ot sporti bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabi, Toshkent, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Samarqand viloyatlaridagi sport maktablari, ot sporti klublarida yosh chavandozlar mazkur sport turini o‘rganmoqda. Muntazam tashkil etilayotgan chempionatlar ularning tajriba-mahoratini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bo‘stonliq tumanidagi “Allyur” ot sporti klubida o‘tkazilayotgan musobaqaning shaxsiy bellashuvlarida chavandozlar konkur – to‘siqlardan ot sakratish yo‘nalishi bo‘yicha bahslashmoqda. Musobaqa doirasida an’anaviy “Millatlar kubogi” jamoaviy bahslari ham o‘tkaziladi.

Musobaqaning dastlabki kuni chavandozlar 130 santimetr balandlikdan ot sakratish bo‘yicha o‘z mahoratini namoyish etdi. Tajribali sportchimiz Ibrohim Yo‘ldoshev “Bek” laqabli tulporida 58,69 soniya natija qayd etib, birinchi o‘rinni egalladi. G‘ayrat Nazarov “Solist” laqabli otida 60,84 soniya natija bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.