Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Markaziy Osiyo birinchi media forumi Ostona shahrida bo‘lib o‘tmoqda
15:37 / 2022-12-20

Ostona shahrida Markaziy Osiyo birinchi media forumi boshlandi. Bu haqda «Kazinform» xabar qiladi.

Unda yuzdan ortiq ma’ruzachilar, jumladan, Pulitser mukofoti sovrindorlari, siyosatchilar, jurnalistlar, xalqaro tashkilotlar  rahbarlari va media sohasidagi taniqli ekspertlar ishtirok etishmoqda.    

Ikki kun davom etadigan forumda OAVni rivojlantirishga oid dolzarb masalalarni  muhokama qilish rejalashtirilgan.  

Shuningdek, ishtirokchilar mintaqaviy o‘xshashlikni o‘lchash, yangi media yo‘nalishlari, sanoatda sun’iy ong texnologiyalari, Markaziy Osiyodagi kreativ sanoatning kelajagi, axborot xavfsizligini ta’minlash uchun mintaqaviy va global kooperatsiyalarning imkoniyatlari, media sohasida savodxonlik masalalari, ayollarning OAVdagi roli kabi mavzularda bahs yuritadilar.    

G. Abdullayeva, O‘zA  

UB.