Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Markaziy harbiy okrugda yosh tankchilar bilan tungi va kunduzgi otish mashg‘uloti o‘tkazildi (foto+video)
15:48 / 2019-08-16

15 avgust kuni Markaziy harbiy okrug harbiy qismlarida xizmat qilayotgan yosh tankchilar bilan O‘zbekistondagi birinchi raqamli “Kattaqo‘rg‘on” poligonida kunduzgi va tungi nishonlarga o‘q otish mashg‘uloti o‘tkazilib, jangovar texnikalarda taktik harakatlar amalga oshirildi.

Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Kunduzgi va tungi nishonlarga o‘q otish mashg‘ulotida joriy yilda muddatli harbiy xizmatni tugatib, shartnoma bo‘yicha xizmatga qolgan yosh tankchilar T-72 jangovar tankiga o‘rnatilgan stvol hamda 14,5 mm.li plumyotidan mashq bajardi.

photo_2019-08-16_08-51-48.jpg

photo_2019-08-16_08-52-32.jpg

Shuningdek, yosh harbiylar o‘quv yig‘ini davomida dala maydonida jangovar texnikani mohirona boshqarish, otish, texnik xizmat ko‘rsatish va boshqa harbiy fanlar bo‘yicha amaliy ko‘nikmaga ega bo‘lmoqda. 
Ma’lumot o‘rnida, 2X35 markali kichik kalibrli o‘q otar quroli T-72 jangovar tankidagi asosiy 125 mm.li to‘p ichiga o‘rnatilib, o‘q-dori kam sarflab, samarali otishni o‘rgatishdan iborat. Ushbu bosqichdan so‘ng asosiy to‘pdan amaliy otish mashqlari o‘tkaziladi.