Inflyatsiya dinamikasini yanada pasaytirish, iqtisodiyotda real foiz stavkalarini ijobiy darajada saqlab qolish, shuningdek, iqtisodiy faollikning tiklanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratib borish maqsadida Markaziy bank Boshqaruvi 2021 yil 21 yanvar kuni asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Markaziy bank Raisining o‘rinbosari Behzod Hamrayev O‘zAga ushbu qaror yuzasidan izoh berdi. Uning ma’lum qilishicha, 2021 yilda Markaziy bank Hukumat bilan birgalikda inflyatsiyaning yil oxiriga 10 foizдан past bo‘lgan oraliq maqsadli ko‘rsatkichiga erishish uchun barcha zaruriy choralarni ko‘rib boradi.
2020 yilning II yarmidan boshlab, tartibga solinadigan narxlarning nisbatan barqarorligi, iste’mol talabining sustligi va umuman, o‘zgaruvchan makroiqtisodiy sharoitlar narxlarning yillik o‘sish sur’atlari sekinlashishiga xizmat qildi. 2020 yil yakunlari bo‘yicha inflyatsiya darajasi 2019 yildagi 15,2 foizга nisbatan sekinlashib, 11,1 foizни tashkil etdi.
Inflyatsiyaga oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o‘zgarishi nisbatan yuqori – 6,5 foiz band hissa qo‘shdi. Mazkur tovarlar guruhi bo‘yicha inflyatsiya umumiy inflyatsiya darajasidan ancha yuqori bo‘ldi va yil yakuni bo‘yicha 15,3 foizни tashkil qildi.
2020 yilning IV choragida iqtisodiyotning tiklanish tendensiyasi davom etdi. Yil yakuni bo‘yicha ko‘plab makroiqtisodiy va tarmoq ko‘rsatkichlarining ijobiy o‘sish sur’atlari kuzatilmoqda.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2020 yil yakunlari bo‘yicha YAIM o‘sishi Markaziy bank bazaviy prognoz ko‘rsatkichlaridan (1-1,5 foiz) yuqori bo‘lishi kutilmoqda.
Bu birinchi navbatda, 2020 yil yanvar-noyabr oylarida sanoat ishlab chiqarish hajmining 0,7 foizga (yanvar-sentyabr oylarida 2,7 foizlik pasayish bo‘lgan), chakana savdo aylanmasining 2,4 foizga, xizmatlar va qurilish hajmining mos ravishda 2,2 va 8,7 foizga o‘sishi bilan izohlanadi.
Bundan tashqari, iqtisodiy faollikning muqobil ko‘rsatkichlari ham makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning dastlabki prognozlardan yuqori bo‘lishini ko‘rsatmoqda. Xususan, 2020 yilning III-IV choraklarida Respublika tovar-xomashyo birjasidagi bitimlar hajmi barqaror o‘sish dinamikasiga ega bo‘ldi. Ushbu ko‘rsatkich 2020 yilning IV choragida 2019 yilning mos choragiga nisbatan 1,3 barabarga oshdi.
2020 yilning IV choragida banklararo to‘lov tizimi orqali amalga oshirilgan bitimlarning umumiy soni o‘tgan chorakka nisbatan 17,1 foizга, savdo va pullik xizmatlardan tushumlar hajmi qariyb 20 foizга oshdi.
Markaziy bank tomonidan iqtisodiy faollik va ishbilarmonlik kayfiyatini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovlar natijalari ular bo‘yicha indekslarning 2020 yil iyul oyidagi pasayishidan so‘ng III-IV chorakda yaxshilanganligini ko‘rsatmoqda.
2020 yilda milliy valyutadagi depozitlarning umumiy hajmi 25 foizga (9,6 trln. so‘m), shu jumladan, jismoniy shaxslar depozitlari 31,6 foizga (4,1 trln. so‘m) oshdi.
Yil yakuni bo‘yicha jismoniy shaxslarning milliy valyutadagi depozitlari bo‘yicha foiz stavkasi 17 фоизни, yuridik shaxslarning depozitlari bo‘yicha 14,4 foizни tashkil qildi. Inflyatsiya sur’atining pasayishini hisobga olganda, depozitlar bo‘yicha real foiz stavkasi yil davomida jismoniy shaxslar uchun 5 foiz va yuridik shaxslar uchun 3 foiz atrofida shakllandi.
2020 yil IV choragi va yanvar oyining birinchi yarmidagi ko‘rsatkichlarni hisobga olganda, makroiqtisodiy sharoitlar Markaziy bankning bazaviy prognozlariga muvofiq shakllanmoqda.
2020 yildagi ko‘rsatilgan fiskal rag‘batlantirish va pul-kredit sharoitlarining nisbatan yumshatilishi ta’siri 2021 yilning birinchi yarmida talab tomondan iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Bunda 2021 yilda YAIMning real o‘sishi 4,5-5,5 foiz darajasida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
2021 va undan keyingi yillarda iqtisodiyotning real sektorida raqobatni rivojlantirishga, investitsion muhit va infratuzilmani yaxshilashga yo‘naltirilgan tarkibiy o‘zgarishlar va iqtisodiy islohotlar iqtisodiyotning asosiy drayverlaridan bo‘ladi.
Ta’kidlash joizki, asosiy stavkani pasaytirish bo‘yicha ilgari qabul qilingan qarorlarning to‘liq transmissiyasi, shuningdek, pul-kredit sharoitlarining nisbatan yumshatilishiga iqtisodiyotning moslashuvi ma’lum vaqtni talab qiladi.
“Markaziy bank baholashlariga ko‘ra, pul-kredit siyosatining joriy “nisbatan qat’iy” sharoitlari 2021 yilning birinchi yarmida iqtisodiy o‘sishning bazaviy prognozlarini qo‘llab-quvvatlash va pul bozorida ijobiy real foiz stavkalarni (3-4 foiz darajasida) ta’minlash uchun yetarli hisoblanadi”, dedi Markaziy bank Raisining o‘rinbosari Behzod Hamrayev.