Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Markaziy bank raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
13:20 / 2024-10-10

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Olimov Abror Mirzo Muhammadqosimovich O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Markaziy bank matbuot xizmatining xabar berishicha, Abror Olimovning zimmasiga xalqaro hamkorlik, valyutani tartibga solish, xalqaro zahiralarni boshqarish, qimmatbaho metallarni saqlash va ular bilan ishlash, moliya-iqtisodni yuritish, amaliyot faoliyatiga rahbarlik vazifalari yuklatilgan. Shuningdek, u Respublika Valyuta birjasi ishini muvofiqlashtiradi.

Shu kungacha A. Olimov Markaziy bankning Valyutani tartibga solish va to‘lov balansi departamenti direktori lavozimida ishlab kelgan.

A. Olimov 1988 yilda tug‘ilgan. 2010 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavr, 2012 yilda magistratura bosqichini tamomlagan. 2020 yilda Xitotsubashi universitetining (Yaponiya) magistratura bosqichini tamomlagan.

U bank tizimida 10 yillik ish tajribasiga ega.

O‘zA