Qoraqalpog‘iston Respublikasida Markaziy bank raisi Timur Ishmetov ishtirokida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuvda hudud tadbirkorlari qiynayotgan bank va moliya sohasiga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Ushbu uchrashuvning asosiy mavzulari amaldagi bank xizmatlari sifati va ularning samaradorligi, kreditlash jarayonlari va bu jarayondagi qiyinchiliklar, hisob-kitob va to‘lov tizimlari, ularning oson va tezkor faoliyati, moliyaviy instrumentlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv ochiq formatda o‘tkazilib, tadbirkorlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri savol berish va aniq javob olish imkoni yaratildi. Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan bildirilgan takliflar va dolzarb muammolar alohida e’tibor bilan o‘rganilishi, ularni hal qilish bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Qayd etilganidek, bunday ochiq muloqotlar hudud tadbirkorlari bilan hamkorlikni mustahkamlash, bank xizmatlarini yanada takomillashtirish va tadbirkorlar uchun qulay moliyaviy muhit yaratishga xizmat qiladi.
Sh.Mamaturopava, O‘zA