Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Markaziy bank O‘zbekistonning xalqaro zaxiralar tarkibidagi oltinni boshqarishdagi tajribasi bilan o‘rtoqlashdi
16:13 / 2024-10-24

Jahon oltin kengashi va Fransiya Markaziy banki tomonidan tashkil etilgan forumda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki vakili ishtirok etib, “Oltin – strategik zaxira aktivi sifatida” mavzusida ma’ruza qildi. U forum ishtirokchilariga O‘zbekistonning yirik oltin ishlab chiqarishdagi hamda xalqaro zaxiralar tarkibidagi oltinni boshqarishdagi tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

Forumda xorijiy ekspertlar oltinning xalqaro zaxiralardagi o‘rni, uning optimal ulushi hamda turli iqtisodiy ssenariylarda boshqa moliyaviy aktivlardan afzalliklarini muhokama qildi.

Shu bilan birga, markaziy banklar, xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlardan 70 ta bank-moliya sohasi ekspert va rahbar xodimlari qatnashgan tadbirda jahondagi iqtisodiy-siyosiy vaziyatni hisobga olgan holda zaxiralarni samarali boshqarish strategiyalari, bu borada IT-tizimlarining imkoniyatlari hamda risklarni baholash va boshqarish borasida ham o‘zaro fikr almashildi.

Sh.Mamaturopova, O‘zA