Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Markaziy bank: O‘zbekistonda dollarlashuv darajasi – 30,6 foizgacha, kreditlar esa – 44,3 foizgacha pasaydi
14:32 / 2023-05-04

Markaziy bankning ma’lum qilishicha, mamlakatimizda pul bozorida nisbatan qat’iy pul-kredit sharoitlari saqlanib qolinmoqda. Yanvar-aprel oylarida UZONIA indeksi to‘liq foiz koridori doirasida asosiy stavka pasaytirilishidan so‘ng 13 foiz atrofida shakllandi.

Tijorat banklari depozit bazasining o‘sish sur’atlarida jadallashish kuzatilmoqda. Aprel oyi yakunlari bo‘yicha milliy valyutadagi muddatli depozitlar qoldig‘i o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobarga oshdi.  

Iqtisodiyotni kreditlash sur’atlarining o‘sishi, asosan milliy valyutada ajratilgan kreditlar hisobiga tezlashdi. Tijorat banklari tomonidan yanvar-aprel oylarida ajratilgan kreditlar hajmining 1,3 barobarga o‘sishida aholiga berilgan avtokreditlar, mikroqarzlar va iste’mol kreditlarining yuqori sur’atlarda oshgani asosiy omil bo‘ldi.  

Ushbu tendensiyalar, o‘z navbatida, iqtisodiyotda dollarlashuv darajasining pasayishida ham o‘z aksini topib, depozitlar bo‘yicha dollarlashuv darajasi – 30,6 foizgacha, kreditlar bo‘yicha esa – 44,3 foizgacha pasaydi.  

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA