Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Markaziy bank Namangan viloyati boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
21:37 / 2023-02-06

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining tegishli buyrug‘i bilan Ma’rufjon Mahmudjonovich Rahmonov Markaziy bank Namangan viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U mazkur lavozimda faoliyat yuritgan Jamshid Aliyevning o‘rnida ish boshladi.

Ma’rufjon Rahmonov 1982 yil 6 yanvarda Namangan viloyatining Uychi tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2006 yili Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan. Mutaxassisligi moliya-iqtisodchi.

Mehnat faoliyatini 2002 yilda Davlat tijorat Xalq banki Namangan viloyati bo‘limida mutaxassis sifatida boshlagan. 2003-2014 yillarda Xalq banki Namangan viloyati filialida turli mas’ul va rahbarlik vazifalarida, 2014-2017 yillarda Respublika Inkassatsiya xizmati Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, 2017-2018 yillarda Markaziy bank Namangan viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ish olib borgan.

Yangi tayinlovga qadar, ya’ni 2018 yil 7 fevraldan buyon Markaziy bank Namangan viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA