Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Markaziy bank muomaladan chiqarilayotgan tangalar va banknotalarni almashtirish tartibi haqida ma’lumot berdi
12:39 / 2018-05-23

Markaziy bank muomaladan chiqarilayotgan tangalar va banknotalarni almashtirish tartibini e’lon qildi.

Markaziy bank muomaladan chiqarilayotgan tangalar va banknotalarni almashtirish tartibini e’lon qildi.

Qayd etilishicha, eski namunadagi tangalarni va banknotalarni muomaladan qaytarib olish tabiiy yo‘l bilan, ya’ni bank kassalariga kelib tushgan ushbu tangalar va banknotalarni qayta muomalaga chiqarmaslik orqali amalga oshiriladi.

Tasdiqlangan tartibga ko‘ra, muomalada bo‘lish muddati:

- eski namunadagi 50 so‘mlik, 100 so‘mlik tangalar hamda 50 so‘mlik va 100 so‘mlik banknotalar uchun 2019-yilning 1-iyuliga qadar;

- eski namunadagi 200 so‘mlik va 500 so‘mlik banknotalar uchun 2020-yil 1-iyulga qadar belgilangan.

Belgilangan muddat davomida ushbu banknota va tangalar qonuniy to‘lov vositasi hisoblanib, ular bilan naqd puldagi to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.

«Shu sababli, aholining xavotirga tushishiga hech qanday hojat yo‘q.

Chunki, naqd puldagi hisob-kitoblarni amalga oshirishda ushbu tanga va banknotalardan cheklovlarsiz foydalanishlari mumkin.

Ushbu tangalar va banknotalar savdo, xizmat ko‘rsatish va boshqa soha subyektlarining kunlik tushumi sifatida bank kassalariga topshiriladi hamda qayta muomalaga chiqarilmaydi.

Aholi qo‘lidagi eski namunadagi tangalar va banknotalarni banklar orqali yangi namunadagi tangalarga almashtirib olishlari ham mumkin», - deyiladi xabarda.

Eski namunadagi tangalar va banknotalarni banklar orqali yangi tangalarga almashtirib olish:

- 50 so‘mlik, 100 so‘mlik tangalar hamda 50 so‘mlik va 100 so‘mlik banknotalar yangi namunadagi 50, 100, 200, 500 so‘mlik tangalar muomalaga chiqarilgan kundan boshlab;

- eski namunadagi 200 so‘mlik va 500 so‘mlik banknotalarni 2019-yil 1-iyuldan boshlab bank kassalari orqali amalga oshiriladi.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining yangi namunadagi 50, 100, 200, 500 so‘mlik tangalarning muomalaga chiqarish sanasi, ularning ko‘rinishi va tavsifi Markaziy bankning veb-sayti va OAV orqali e’lon qilinadi.