Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Markaziy bank muddati o‘tgan eski pullarni yangisiga almashtirib bermoqda (+video)
20:20 / 2023-06-15

Muomaladan chiqarilgan pullaringiz qolib ketgan bo‘lsa, ularni yangisiga almashtirish mumkin. Bu yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Markaziy bankining eski namunadagi 50 va 100 so‘mlik tangalari, shuningdek, 50, 100, 200 va 500 so‘mlik banknotlarini ayirboshlash hamda muomaladan qaytarib olish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan eski namunadagi tanga va banknotlarning muomalada bo‘lish muddatlari quyidagicha:

2001-2002 yillar namunalaridagi 50 so‘mlik, 2004 va 2009 yil namunalaridagi 100 so‘mlik tangalar hamda 1994 yil namunasidagi 50 va 100 so‘mlik banknotlar uchun 2019 yil 1 iyulgacha;

1997 yil namunasidagi 200 so‘mlik, 1999 yil namunasidagi 500 so‘mlik banknotlar uchun 2020 yil 1 iyulgacha belgilangan.

Xabaringiz bo‘lsa, eski namunadagi to‘lov qobiliyatini yo‘qotgan pul belgilarini Markaziy bankning Hisob-kitob kassa markazlari orqali amaldagi pul belgilariga almashtirib berish muddati 2023 yilning 1 yanvarigacha uzaytirilgan edi.

Ayrim hududlardan kelib tushayotgan muroajatlarni inobatga olib, bugun yana to‘lov qobiliyatini yo‘qotgan eski namunadagi 50, 100, 200 va 500 so‘mlik banknotlar hamda 50 va 100 so‘mlik tangalar Markaziy bankning Hisob-kitob kassa markazlari orqali qabul qilinib, yangisiga  almashtirib berilmoqda. 

“Barcha fuqarolar qo‘lida qolib ketgan eski namunadagi to‘lov qobiliyatini yo‘qotgan yuqorida ko‘rsatilgan nominallardagi banknotlar va tangalarni Markaziy bankning Hisob-kitob kassa markazlarida amaldagi pul belgilariga erkin almashtirib olishlari mumkin” deyiladi Markaziy bank xabarida. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/0dekk65gwi8" title="" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

M.Eshmirzayeva, Yo.Meliboyev, N.Abduvoitov, O‘zA