Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Markaziy bank: “Humans” ishi bo‘yicha fuqarolardan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishlari so‘raladi
12:39 / 2026-01-07

Markaziy bank “Humans” MCHJ kompaniyasi bilan bog‘liq holat yuzasidan ma’lumot berdi.

“Humans” MCHJ kompaniyasiga to‘lov xizmatlarini taqdim etgan “Octogram” AJ to‘lov tashkilotida Markaziy bankning tegishli farmoyishiga asosan ishchi guruh tuzilib, tekshiruv o‘tkazildi.  

Tekshiruv natijalari bo‘yicha tuzilgan ma’lumotnoma belgilangan tartibda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga huquqiy baho berish va o‘z vakolati doirasida choralar ko‘rish uchun taqdim etildi.  

Ayni paytda “Humas” kompaniyasi bilan bog‘liq holat Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda o‘rganilmoqda.  

Mazkur holat bo‘yicha fuqarolardan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishlari so‘raladi.  

Shu o‘rinda yana bir bor ta’kidlaymizki, har bir bank va to‘lov tashkiloti moliyaviy xizmatlardan foydalanuvchilarning huquqlarini himoya qilishni ta’minlashi shart, deyiladi Markaziy bank xabarida.  

Eslatib o‘tamiz, dekabr oyida "Humans" ilovasida foydalanuvchining o‘zi bilmagan holda pul yechib olinayotgani kuzatilgani haqida ma’lum qilgan edik. Markaziy bank P2P amaliyotlarini to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma bergan.

Sh.Mamaturopova,

O‘zA