French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Markaziy bank gender tengligi bo‘yicha Harakatlar rejasini ishga tushirmoqda
15:19 / 2021-03-24

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) bilan hamkorlikda 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan moliya tizimi va tadbirkorlikda gender inklyuzivligini oshirish masalasi bo‘yicha Harakatlar rejasini ishlab chiqdi.

Hujjatda Moliyaviy inklyuzivlikni oshirish agentligi (AFI) tarmog‘i – “Denarau” Harakatlar rejasi (DAP)ga mos keluvchi, ayollarning moliyaviy xizmatdan foydalanishi ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan 9 ta asosiy tashabbus bayon etilgan. Markaziy bank ushbu tashkilotga 2018 yildan a’zo hisoblanadi.

Mazkur Harakatlar rejasiga Markaziy bank tomonidan ilgari surilgan ayollar tadbirkorligi tarmog‘ini rivojlantirishga ko‘maklashish, o‘z biznesini boshlayotgan ayollar uchun qisqa muddatli biznes va moliyaviy ta’lim dasturlarini amalga oshirish, yetakchilikni shakllantirish va gender turfa xilligi bo‘yicha ta’lim berish orqali gender xilma-xilligini ilgari surish kabi tashabbuslar ham kiritildi.

Bu jarayon tadbirkor ayollarning turli moliyaviy ehtiyojlarini qanoatlantiruvchi xizmat va mahsulotlarning tijorat banklari va boshqa moliya institutlari tomonidan joriy etilishini rag‘batlantirish uchun samarali va amaliyotga tayangan siyosat ishlab chiqishga zamin yaratadi. Shuningdek, barcha muassasalar tomonidan gender tengligi asosida moliyalashtirish masalasi bo‘yicha maqsadni samarali tarzda belgilash, natijalarni monitoring va tahlil qilish mexanizmini joriy etishga ko‘maklashadi.