Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Markaziy bank boshqaruvi tarkibiga kiritilgan o‘zgarishlarni tasdiqladi
10:40 / 2019-12-25

Oliy Majlis Senati Kengashining 24 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunning 19-moddasiga muvofiq Markaziy bank boshqaruvi tarkibiga kiritilgan o‘zgarishlarni tasdiqladi.

Oliy Majlis Senati Kengashi qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ijro apparati rahbari Olimjon Ernazarov va Kredit tashkilotlari prudensial nazorati departamenti direktori Abrorxo‘ja Turdialiev O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tarkibidan chiqarildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi qoshidagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha "El-yurt umidi" jamg‘armasi direktori v.b., i.f.d., professor Adxam Bekmurodov va Toshkent shahridagi Vestminster universitetining Amaliy iqtisod bo‘yicha magistratura kursi rahbari, falsafa doktori (PhD) Ziyodullo Parpiev O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining mustaqil a’zolari etib tasdiqlandi.