Markaziy bank “AVO bank”ka bir qator taqiqlar qo‘ydi
Markaziy bank bayonotiga ko‘ra, bugungi kun holatiga “AVO bank” AJning ustav kapitali 105 milliard so‘mni tashkil etgan holda bank ustav kapitali miqdori qonunchilik talablariga muvofiqlashtirilmagan.
"Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida"gi qonunga muvofiq, Bank nazorati qo‘mitasi qaroriga asosan bankka nisbatan kreditlash va boshqa xarajatlarni moliyalashtirish hamda depozit operatsiyalarini amalga oshirish taqiqlandi.
Ma’lumot uchun, "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, bank ustav kapitalining eng kam miqdori 2023 yil 1 sentyabrdan e’tiboran 200 milliard so‘mni tashkil etishi kerakligi belgilangan.
Ma’lumot uchun, “AVO bank” AJning avvalgi nomi "O‘zagroeksportbank" edi. Joriy yilning avgust oyida bank o‘z nomini "AVO bank"ka o‘zgartirgan.
Sh.Mamaturopova tayyorladi.
O‘zA