English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirdi
13:26 / 2023-09-14

Markaziy bank boshqaruvi yig‘ilishida asosiy stavka yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi.

Yoz oylari boshidagi ma’lum pasayishdan so‘ng avgust oyida yillik inflyatsiya 9 foizga teng bo‘ldi. Oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari guruhlarida inflyatsiyaning deyarli o‘zgarmagani sharoitida xizmatlar sohasida narxlar o‘sishining 8,2 foizdan 8,5 foizgacha tezlashishi inflyatsiya oshishining omillaridan bo‘ldi.  

Bazaviy inflyatsiya kutilganidan ko‘ra sekinroq sur’atda pasayib, yillik 10,7 foizni tashkil etdi. Ayni paytda, bazaviy inflyatsiyaning pasayuvchi tendensiyasi barqaror tus olmoqda.  

Aholining kelgusi 12 oy uchun inflyatsion kutilmalari trend yo‘nalishini o‘zgartirib, 14,2 foizgacha ortdi. Tadbirkorlik sub’ektlarining kutilmalarida ham o‘xshash tendensiya kuzatilib, 14,4 foizga teng bo‘ldi.  

Respondentlar tomonidan kutilmalar o‘sishining asosiy omillari sifatida valyuta kursi o‘zgarishi, yoqilg‘i va energiya narxlarining oshishi kabi omillar ta’kidlangan.  

 

Sh.Mamaturopova,  

O‘zA