Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Markaziy bank 10 ta bank va 1 ta mikromoliya tashkilotiga jarima qo‘lladi
09:26 / 2026-01-15

Markaziy bank matbuot xizmati xabarida qayd etilishicha, o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, prudensial talablar va qonunchilik hujjatlariga rioya etmagani uchun o‘tgan yil dekabr oyida 10 ta bank va 1 ta mikromoliya tashkilotiga jarima sanksiyalari qo‘llanildi. Shuningdek, 10 ta bank, 1 ta to‘lov tashkiloti va 1 ta to‘lov operatori ogohlantirildi.

Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi 2025 yil dekabr oyida 6 marta yig‘ilish o‘tkazdi. Ushbu yig‘ilishlarda jami 45 ta masala muhokama qilindi.

Kredit tashkilotlarining moliyaviy holati, prudensial me’yorlarga rioya qilish, bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash hamda kiberxavfsizlik masalalari muhokama markazida bo‘ldi.

Tekshiruvlar davomida aniqlangan kamchiliklar va talablarga rioya qilinmagani sababli Markaziy bank tegishli sanksiyalar va ogohlantirish choralarini qo‘lladi. Bu qadam banklar faoliyatining ochiqligi va moliyaviy barqarorligini ta’minlashga qaratilgan muhim chora sifatida baholanadi.

Sh.Mamaturopova,

O‘zA