Markaziy Afrika Respublikasida sodir bo‘lgan portlashda uch nafar Rossiya fuqarosi halok bo‘lgani aytilmoqda
Markaziy Afrika Respublikasida qo‘lbola bomba portlashi natijasida uch nafar rossiyalik fuqaro va ikki mahalliy politsiyachi halok bo‘ldi, to‘rt kishi esa og‘ir jarohatlangan, deya xabar berdi France Presse agentligi.
Voqea poytaxt Bangidan 400 kilometr shimoli-g‘arbda sodir bo‘lgan.
Hozircha, Rossiyaning Markaziy Afrika Respublikasidagi elchixonasi mazkur holat yuzasidan hech qanday izoh bermagan. Ayni paytda ular rossiyalik uch nafar fuqaroning o‘limi haqidagi xabarlarni rost yoki yolg‘on ekanini tekshirmoqda, deyiladi xabarda.