Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Markaziy Afrika Respublikasida qurolli mojaro avj olmoqda
16:12 / 2020-12-23

Qurolli isyonchilar Markaziy Afrika Respublikasidagi Bambari shahrini egallab olishdi, deb xabar tarqatdi “Frans Press” agentligi shahar hokimiyati va hukumat vakillari ma’lumotiga tayanib.

O‘tgan shanba kuni MAR hukumati sobiq prezident Fransua Bozizeni davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinishda ayblagan edi. Mazkur bayonot mamlakatda faoliyat olib borayotgan uchta asosiy isyonchilar guruhi 27 dekabrda bo‘lib o‘tishi belgilangan parlament va prezident saylovi arafasida hukumatga qarshi kuchlarni birlashtirgani haqida xabar tarqalgandan keyin yangradi.

"Shahar (Bambari) qurolli guruhlar nazoratiga o‘tgan. Aholiga qarshi zo‘rovonlik kuzatilmayapti", - dedi shahar meri Abel Matchipata agentlik muxbiriga.

Isyonchilar egallab olgan shahar poytaxt Bangidan 380 kilometr masofada joylashgan, aholi ko‘pligi jihatidan mamlakatda eng yirik to‘rtinchi shahar hisoblanadi.

MARda 2013 yil dekabrdan boshlab vaziyat keskin tus olgan. Mojaro turli siyosiy guruhlar jangarilari o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvdan boshlangan. BMT ma’lumotiga ko‘ra, 2018 yil iyul oyida yuz bergan qurolli to‘qnashuv tufayli bir millionga yaqin aholi uyini tashlab qochishga majbur bo‘ldi, taxminan olti ming kishi qurbon berildi.

2019 yil fevralda MAR hukumati va qurolli guruhlar vakillari Xartumda ikki hafta davomida muzokara olib borib, nihoyat tinchlik bitimini imzolagan edi.