Markaz zamonaviy sharoitlarda xizmat ko‘rsatmoqda
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona shahrida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialining tubdan ta’mirlangan 7 qavatli davolash binosi hamda yangi qurilgan qabul-diagnostika majmuasi foydalanishga topshirilganiga ko‘p vaqt bo‘lmadi. Natijada muassasaning bir sutkalik qabul quvvati 150 tadan 400 taga yetdi.
Yangi qabul bo‘limida bemorlar holatiga qarab “qizil”, “sariq” va “yashil” yo‘laklar tizimi joriy etilgan. Filial zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlanib, bu yerda 60 turdagi yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish imkoniyati yaratilgan.
Ta’kidlash kerak, loyiha doirasida tumanlararo markazlar ham zamonaviy tibbiy texnika bilan ta’minlandi.
[gallery-25024]
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA