Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Markaz qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega
16:49 / 2024-06-28

Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan 10dan ortiq axborot tizimi ishlab chiqilib, qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan sub’ektlarga qulayliklar yaratildi. “Agrosubsidiya” AT, “Agroplatforma” AT, “Geoaxborot” tizimi, “Ye-ijara”, “CropAgro”, “AGROBI” shular jumlasidandir.

Qishloq xo‘jaligi vazirligining Vaziyatlarni baholash markazi qishloq xo‘jaligi sohasida dolzarb muammolarni aniqlash, ularni tahlil qilish va samarali yechimlar topish uchun tashkil etilgan muhim tuzilma hisoblanadi.   

Xo‘sh, mazkur Markazning asosiy vazifalari nimalardan iborat, qanday vakolatlarga ega? Mazkur savol yuzasidan Qishloq xo‘jaligi vazirligi bo‘lim boshlig‘i Fozil Teshayev quyidagilarni ma’lum qildi.   

– Dunyoda yalpi ichki mahsulotning 10 foizga yaqini raqamli aktivlarga to‘g‘ri keladi, ularni ishlab chiqarish sur’ati jahon iqtisodiy o‘sishining 30 foizini tashkil etadi.   

Raqamli iqtisodiyotni shakllantirish zarur infratuzilma, ko‘p mablag‘ va mehnat resurslarini talab etsada, aksar davlatlar uning eng zamonaviy jihatlarini qo‘llashga, shu orqali rivojlanishga erishishga intilmoqda. Zamonaviy texnologiyalarni faol tatbiq etish O‘zbekiston taraqqiyotining ham eng ustuvor vazifalaridan biri sanaladi. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligi sohasi juda muhim sanaladi.   

Shuni alohida aytib o‘tishim kerakki, ekinlarni ekish, yetishtirish, saqlash va tashishda hosilning bir qismi yo‘qotilishini kamaytirish borasida mavjud yer, suv, moddiy-texnik va mehnat resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlovchi zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini tatbiq etish zarur.   

“Aqlli” texnologiyalarni joriy etgan holda mahsulot ishlab chiqarishning barqaror tizimlarini yaratish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.    

Markaz qishloq xo‘jaligi sohasidagi ma’lumotlarni to‘playdi, ularni tahlil qiladi va turli vaziyatlar bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yaratadi. Bu ma’lumotlar kelgusidagi rejalar va qarorlar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Qishloq xo‘jaligida yuzaga keladigan turli muammolarni barvaqt aniqlaydi va ularni prognoz qiladi. Bu orqali muammolarga o‘z vaqtida chora ko‘rish va ularni hal etish uchun tadbirlar belgilab olinadi.   

Qishloq xo‘jaligi vazirligining Vaziyatlar markazi mamlakat qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, uning faoliyati samaradorlikni oshirish va turli muammolarni o‘z vaqtida hal etishga yo‘naltirilgan.   

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA