Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mark Riz: Murojaatnoma juda puxta o‘ylangan va aniq manzillidir
12:36 / 2020-01-28

M.Riz O‘zbekiston Prezidenti Murojaatnomasida belgilangan vazifalarning hal etilishida o‘z hissasini qo‘shishga tayyorligini bildirdi.


“Suhbat LLC” kompaniyasi prezidenti va ijrochi direktori, Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar“ asarini ingliz tiliga tarjima qilgan amerikalik taniqli yozuvchi Mark Riz Prezidentning Murojaatnomasini sharhlab, “respublika rahbari tomonidan taklif qilinayotgan kompleks choralar juda puxta o‘ylangan va aniq manzillidir”, deydi. Unda, ayniqsa ta’lim, madaniyat va ma’naviyat sohalaridagi vazifalar va korrupsiyaga qarshi kurash katta taassurot qoldirgan.

M.Rizning fikricha, iqtisodiyotni raqamlashtirish bo‘yicha choralar amalga oshirilishi O‘zbekiston banklariga jahon bozoriga chiqish imkonini beradi. Iqtisodiyotni raqamlashtirish dasturining tatbiq etilishi ta’lim, turizm va boshqa sohalarda ham yangi tizimni joriy etilishini talab qiladi.

M.Riz O‘zbekiston Prezidenti Murojaatnomasida belgilangan vazifalarning hal etilishida o‘z hissasini qo‘shishga tayyorligini bildirdi.