Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Marjona Tosheva: "Yutuqlarim sababchisi - Dutorim..." (+video)
20:23 / 2024-11-04

Cholg‘u asboblaridan dutor musiqiy cholg‘ularimiz orasida eng qadimiylaridan biri bo‘libgina qolmay, inson ruhiyatiga moyillikligi-yu, mungli hamda qalbga yaqin ohang taratishi bilan ajralib turadi.

Xalq orasida dutor "dilkash cholg‘u" nomini olgan. Unda ijro etilgan har qanday kuy ohang qalb torlarini tebratadi. Chunki bu nola qalb istagan ohangdir. Shuning uchun dutor ayollarimiz qo‘lida hasrat quroli, dil izhorini namoyish etish uchun hamroh bo‘lgan ko‘ngil oshnosidir.

Bugungi qahramonimiz "Zulfiya" nomidagi davlat mukofoti sovrindori Marjona Tosheva ham qo‘lidagi tori bilan butun dunyoni hayratga solib kelmoqda. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/kI8uiYg6zpI" title="Marjona Tosheva: “Yutuqlarim sababchisi - Dutorim...”" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, N. Abduvoitov (video), O‘zA