Mariya Timofeyeva Meksikada g‘olib bo‘lmoqchi
Meksikaning Yukatan shtati Merida shahri tennis bo‘yicha WTA 500 toifasiga kiruvchi turnirda mamlakatimizning uchinchi raqamli tennischisi Mariya Timofeyeva ishtirok etmoqda.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, Mariya musobaqaning saralash bahslarining 1/2 finali bosqichida argentinalik Martina Taborda Kapurroga qarshi kortga chiqdi va qiyinchiliksiz raqibini 6:4, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Endi, tennischimiz asosiy to‘rga yo‘llanma beruvchi final bahsida yana bir argentinalik tennischi Mariya Lurdes Karlga qarshi kortga chiqadi. Ushbu uchrashuv bugun, 22-fevral kuni mamlakatimiz vaqti bilan soat 22:00da boshlanadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA