Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mariya Timofeyeva Lyuksemburgda porlamoqda
11:59 / 2025-11-22

Lyuksemburgning Petanj shahrida davom etayotgan tennis bo‘yicha W75 tasnifidagi turnirda Mariya Timofeyeva yarim final bosqichiga muvaffaqiyatli o‘tdi.

O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Mariya Timofeyeva yakkalik bahslarining 1/4 finalida germaniyalik Mona Bartelga qarshi kortga tushdi. Tennischimiz ilk setda bor yo‘g‘i raqibiga 3 ta geymni boy bergan bo‘sla, ikkinchi setda birorta ham geymni yutqazmadi va yarim final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Endi 22 yoshli Mariya Timofeyeva 1/2 finalda belgiyalik Yeline Vandromme bilan kuch sinashadi. Mazkur o‘yin mamlakatimiz vaqti bilan bugun soat 20:30da boshlanadi. Agarda tennischimiz ushbu uchrashuvda g‘alaba qozonsa, finalda chexiyalik Barbora Palikova hamda germaniyalik Eva Bennemann o‘rtasidagi o‘yin g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA