Mariya Timofeyeva chorak finalga yo‘l oldi
Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan Lyuksemburgda davom etayotgan xotin-qizlar o‘rtasidagi turnirda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Mariya Timofeyeva chorak finalga chiqdi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, “ITF W75” turnirida Mariya Timofeyeva dastlab ispaniyalik Mariya Martines Vakeroni 6:2, 6:3, ikkinchi davrada Mina Xodzikni 6:4, 6:3 hisobida taslim etdi va 1/4 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Endi WTA reytingining 151-pog‘onasida turgan M.Timofeyeva yarim final bosqichiga chiqish uchun germaniyalik Mona Bartelga qarshi kortga tushadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA