Mariya Timofeyeva Bahrayndagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi
Bahrayn poytaxti Manama shahrida tennis bo‘yicha W75 toifasidagi xalqaro turnirda O‘zbekistonning ikkinchi raqamli tennischisi Mariya Timofeyeva muvaffaqiyatli start oldi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, mukofot jamg‘armasi 60 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu turnirning yakkalik bahslari ilk davrasida Mariya Timofeyeva rossiyalik Anastasiya Tixonovaga qarshi kortga chiqdi va har ikkala setda bir xil - 6:4 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritib, ikkinchi davraga yo‘l oldi.
Shu tariqa, Mariya nufuzli musobaqaning nimchorak finalida amerikalik Kerol Yang Su Liga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Darvoqe, tennischimiz juftlik bellashuvlarida germaniyalik sherigi Antoniya Shmid bilan tandem hosil qildi. Afsuski, ular ilk bosqichda neytral maqomdagi tennischilar Varvara Panshina va Darya Zelinskaya duetiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA