Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mariya Timofeyeva “AO–2026"dagi ilk o‘yinini o‘tkazdi
13:53 / 2026-01-13

Tennis bo‘yicha Melburn shahrida “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionatida yakkalik bahslarning saralash bosqichi davom etmoqda.

Biz uchun ahamiyatlisi, mazkur saralash bellashuvlarida mamlakatimiz terma jamoasi a’zosi Mariya Timofeyeva ilk o‘yinini yaponiyalik Mai Xontamaga qarshi o‘tkazdi va 6:1, 4:6, 5:7 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Shu tariqa, Avstraliya Ochiq chempionatining bu yilgi bahslarida faqatgina bir tennischimiz Kamilla Rahimova qoldi. U musobaqaning asosiy to‘r bahslari yakkalik va juftlik yo‘nalishida qatnashadi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA