"Jadidlar — millat qahramonlari" loyihasining bu galgi sonida ma’rifatparvar jadid, taraqqiyparvar ulamo — Muhammadqul O‘rinboy o‘g‘li haqida ma’lumot beriladi.
Jadidlar davriy matbuotga targ‘ibot va tashviqotning muhim vositasi sifatida qaragan. Ularning fikricha, milliy matbuot Markaziy Osiyoning hayotiy muammolarini hal etishning bosh vositasiga aylanishi mumkin edi. Umuman Turkiston jadidlarining asosiy xizmatlaridan biri aynan XX asr boshlarida mintaqada musulmon va milliy mustaqil matbuotga asos solganidir.
Mintaqada mavjud gazeta va jurnallar tashkilotchilari, mualliflari, o‘quvchilari, targ‘ibotchilari va tarqatuvchilari jadidlarning o‘zi bo‘lgan. Ular tashqi dunyoga ochiq bo‘lish kerakligini tushundi va imkon bo‘lishi bilan qisqa muddatli bo‘lsa-da, o‘z matbuotini yaratdi. Shubhasiz, bu borada Samarqand ma’rifatparvarlarining xizmati beqiyos bo‘lgan.
Samarqandlik jadidlar tomonidan 1917 yil 16 apreldan «Hurriyat» gazetasi chiqarila boshlandi. Boshida uning muharriri Mardonqul Shohmuhammadzoda bo‘lgan. Undan keyin 2 oycha Akobir Shohmansur o‘g‘li mudir bo‘lib ishlaydi. Jurnalning 27-sonidan e’tiboran Abdurauf Fitrat bosh muharrir sifatida belgilanadi. Tahrir hay’atida Hoji Muin bilan Sayid Rizo Alizoda ishlagan. Gazeta besh yuz — ming dona orasida bosilib turadi. Samarqand jadidlari tomonidan tashkil etilgan «Zarafshon» shirkati kitobxonasining ko‘proq sarmoyasi shu gazetaga sarf qilinadi. Oxirida gazeta moddiy jihatdan qiyinchilik ko‘paygani uchun uning noshirligini Muhammadqul O‘rinboy o‘g‘li bajarib turadi. Gazeta faoliyati bir yildan ortiqroq davom etib, 1918 yilda 87-soni chiqib to‘xtatiladi.
Batafsil
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/fkT5lBtWDLc" title="Ma’rifatparvar jadid: Muhammadqul O`rinboy o`g`li " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA