FOTOREPORTAJ
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi tashabbusi bilan Jarqo‘rg‘on tumanidagi 5-bolalar musiqa va san’at maktabida “Ularning hayoti biz uchun ibrat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari Nargiza Rahmatullayeva, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jarqo‘rg‘on tuman bo‘linmasi rahbari Umar Ibodullayev, tuman otinoyisi Mavjuda Abdullayeva hamda ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilar va ijodkor o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.
[gallery-12068]
Umumta’lim maktablarining faol o‘quvchi-yoshlari tomonidan To‘maris, Nodirabegim, Uvaysiy, Zulfiya Isroilova, Saida Zunnunova hamda Surxon vohasidan yetishib chiqqan Jamila Ergasheva, Mavluda Qobilova, Ra’no Uzoqova, Gulandon Tog‘ayeva kabi ma’rifatparvar ayollarimiz obrazlari yorqin sahna ko‘rinishlari orqali namoyish etildi.
Aytish joiz, butun hayoti va faoliyatini xalq dardi bilan bog‘lagan, xalq g‘amiga hamdard bo‘libgina qolmay, uning istiqboli uchun qayg‘urgan fidoyi ma’rifatparvar ayollarimizning hayot yo‘li chinakam ibrat maktabidir. Bugungi tadbir ham barchani tafakkur qilishga, yurt istiqboli yo‘lida mas’uliyatli bo‘lishga undaydi.
Tadbirda faol ishtirok etgan ijodkor yoshlarga hamda tadbir tashkilotchilariga tashakkurnomalar topshirildi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA