Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ma’rifat – yoshlar qalqoni, qadriyat – taraqqiyot mezoni
11:09 / 2025-09-15

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida “Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan kurash!” hamda “Inson qadri va huquqlarining ustuvorligi – taraqqiyot poydevori” mavzulariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda filialning birinchi bosqich talabalari ishtirok etdi. Muloqotga Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi vakillari, respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston bo‘limining targ‘ibot guruhi a’zolari ma’ruza qilib, yoshlarni turli zararli oqimlardan himoya qilish, ularda mustaqil fikrlash va sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish zarurligini ta’kidladilar.  

Ta’kidlanganidek, ma’rifat – nafaqat inson ongini yuksaltiradi, balki jaholatni yengishning eng samarali yo‘li hisoblanadi. Bunday uchrashuvlar yoshlarga bilim va ma’lumot berish bilan cheklanib qolmay, balki hayotiy qarorlar qabul qilishda ishonchli tayanch bo‘lib xizmat qilishi qayd etildi.

Samimiy savol-javoblar bilan boyigan muloqotda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan mutaxassislardan atroflicha javob olishdi.  

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri