French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ma’rifat – xavfsizlik tayanchi
09:00 / 2025-08-12

Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “O‘zbekiston Qurolli Kuchlari safida ekstremizm va terrorizm mafkurasiga qarshi kurashishning huquqiy asoslari” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi bo‘lib o‘tdi.

 

 

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi oldidan, “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida tashkil etilgan mazkur tadbir videokonferensaloqa orqali o‘tkazilib, unda boshqarma tuman bo‘limlarining shaxsiy tarkibi ham faol ishtirok etdi.

Tadbirda Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasining katta tezkor vakili Ravshan Eshmirzayev ishtirok etib, harbiy xizmatchilarga ekstremizm va terrorizmning zamonaviy ko‘rinishlari, ularning yolg‘on g‘oyalari hamda huquqiy jihatdan qanday tarzda kurash olib borilayotgani haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Dars chog‘ida boshqarma rahbariyati tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, is gazidan zaharlanish holatlarining oldini olish, favqulodda holatlarda harakat qilish kabi amaliy masalalarga ham alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir yakunida Favqulodda vaziyatlar vazirining buyrug‘iga muvofiq, bir qator harbiy xizmatchilar yangi lavozimlarga tayinlangani e’lon qilindi.

Albatta, bunday darslar  nafaqat bilim berish, balki harbiy xizmatchilar ongida yuksak fuqarolik mas’uliyati va g‘oyaviy barqarorlikni shakllantirishda muhim o‘rin tutdi. Zero, mamlakat mustaqilligi va xalq tinchligi avvalo ongli, ma’rifatli va yurtiga sadoqatli fuqarolarning xizmatlari orqali ta’minlanadi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.

A. Qayumov, O‘zA muxbiri