Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ma’rifat ulashib” loyihasi ijod bayramiga aylandi
07:55 / 2024-10-25

FOTOREPORTAJ

Termiz shahrida joylashgan San’at saroyida “Ma’rifat ulashib” loyihasi o‘tkazildi.

Loyiha davomida taniqli ijodkorlar Axtamqul Karimov, Nurboy Jabborov va Nabi Jalolov Termiz davlat pedagogika institutida bo‘lib, talaba-yoshlar, pedagogik jamoa bilan dildan suhbat qurdi. Uchrashuvda mamlakatimizda kechayotgan yangilanish jarayonlari, milliy adabiyotimiz, ona tilimiz, kitobxonlikka bo‘lgan e’tiboriga doir fikrlar bildirildi.  

Uchrashuv davomida talabalar ijodkorlarning she’rlaridan namunalar o‘qidi, teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlarini namoyish qildi.  

[gallery-19972]

Tadbirda faol ishtirok etgan talabalarga adiblar tomonidan mualliflik kitoblari taqdim etildi.  

Kunning ikkinchi yarmida adiblar Termiz davlat pedagogika institutiga biriktirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bo‘lib, “Yashil makon” loyihasi doirasida daraxt ekdilar.

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA