Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ijodiy uchrashuvlar o‘tkazildi
09:36 / 2025-11-25

Shu kunlarda yurtimiz oliy ta’lim muassasalari talabalarini kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi amalga oshirilmoqda. Tadbir yosh avlodni milliy adabiyotimizga oid yangiliklar, ijod ahlining yangi asarlari bilan tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

“Ma’rifat ulashib” loyihasining qiziqarli muloqot va tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida tashkil etilmoqda.

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida ham ushbu loyiha doirasida taniqli ijodkorlar – O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davron, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, shoir va yozuvchi Norqobil Jalilov hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Zilola Xo‘janiyozova tashrif buyurdi.

Samimiy suhbat davomida Akademiya mas’ullari kelgusida ijodkorlar ishtirokida maxsus darslar, ijodiy davra suhbatlarini tashkil etish talabalar uchun foydali bo‘lishi, ularning bo‘sh vaqtlari mazmunli o‘tishiga xizmat qilishini alohida ta’kidladi.

Taniqli ijodkorlar ishtirokidagi “Ma’rifat ulashib” ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 1, 24- hamda 242-umumta’lim maktablarida davom etdi.  

Davra suhbatida ijodkorlar tomonidan bugungi adabiy jarayon, davlatimiz rahbari tomonidan shoir-yozuvchilarga yaratilayotgan e’tibor, sharoitlar haqida so‘z yuritildi. Yurtimizda yosh avlodning ta’lim olishi, iste’dod va iqtidorlarini namoyon etishlari uchun yaratilgan sharoitlarga to‘xtalib o‘tildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davron bolalik xotiralari, ijodiy jarayonlar haqida so‘z yuritib, Vatan, istiqlol, pok insoniy tuyg‘ular aks etgan she’rlaridan namunalar o‘qib berdi.  

“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida talaba-yoshlarda kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish, yosh avlodni kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida “Kitoblar ko‘rgazmasi” ham tashkil etildi.

Bu kabi uchrashuvlar yoshlar hayotida unutilmas bo‘lib qolishi,  ma’naviy-ma’rifiy jihatdan barkamol bo‘lib voyaga yetishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.  

N.Usmonova, O‘zA