English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ma’rifat ulashib” — adabiyot va ma’naviyatga chorlov
14:33 / 2025-11-03

FOTOREPORTAJ

Andijon davlat pedagogika institutida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida adabiyot va ma’naviyat kechasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda loyihaning yoshlar dunyo qarashini yanada kengaytirish, ularni kitob o‘qishga jalb etish va milliy adabiyotga bo‘lgan hurmatni mustahkamlashdagi ahamiyati haqida fikr bildirdi.

[gallery-26051]

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Shukur Qurbon va shoira Dilorom Ergasheva ishtirokida talaba-yoshlar bilan samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi.  Ijodkorlar yoshlarga o‘z ijodiy izlanishlari, adabiyotning inson qalbiga ta’siri hamda kitobxonlikning ma’naviy hayotdagi o‘rni haqida so‘zlab berdi. Tadbir davomida talaba-yoshlar mehmonlardan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Shuningdek, uchrashuv jarayonida institut teatr studiyasi ishtirokchilari tomonidan adiblar asarlari asosida sahna ko‘rinishlari namoyish etildi, talaba-yoshlar she’r va g‘azallardan namuna ijro etdilar.

“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida tashkil etilayotgan bunday uchrashuvlar yoshlarning adabiyot va kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ma’naviy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA