English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Ma’rifat» targ‘ibotchilar jamiyatining 2026 yildagi rejalari qanday?
10:35 / 2026-02-02

«Ma’rifat» targ‘ibotchilar jamiyati tomonidan jurnalistlar, blogerlar va media mutaxassislar ishtirokida Zoom platformasi orqali videokonferensiya o‘tkazildi. Unda mazkur ma’rifiy tuzilmaning 2026 yilga mo‘ljallangan ijtimoiy kontentlar media rejasi muhokama qilindi.

Joriy yilda jamiyat tomonidan media makonda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan 15 dan ortiq yo‘nalish bo‘yicha 400 dan ziyod ijtimoiy kontent tayyorlanishi rejalashtirilgan.

Media guruhning ustuvor yo‘nalishlari sifatida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangilanish jarayonlarini “Inson qadri uchun” tamoyili asosida qiyosiy infografika va videomateriallar orqali keng yoritish vazifasi belgilab olindi.  

Shuningdek, jamiyatdagi muhim voqealarga ziyolilarning xolis munosabatini shakllantirish hamda axborot xurujlariga qarshi ilmiy asoslangan ekspert xulosalarini ijtimoiy tarmoqlar orqali taqdim etish masalalari muhokama qilindi.

Yil davomida “Ziyoli so‘zi”, “Fikr bilan himoyalan”, “So‘z yoshlarga” va “O‘zbek mehri” ruknlari ostida oilaviy qadriyatlar hamda vatanparvarlik ruhini kuchaytiruvchi kontentlar ishlab chiqiladi.

Aholining intellektual saviyasini oshirish maqsadida 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar qamrab olingan holda kitoblar, eng  sara filmlar va spektakllar bo‘yicha tizimli tavsiyalar berib boriladi.

Muloqot davomida ishlab chiqiladigan media loyihalarda ziyolilarning jamiyatdagi rolini kuchaytirish asosiy vazifa ekani ta’kidlandi.

N.Usmonova, O‘zA