French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari Shofirkonda
10:22 / 2023-04-07

Yurtimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, ularning natijadorligini oshirish, aholi, ayniqsa, yosh avlod qalbida Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun daxldorlik va mas’uliyat hissini yanada kuchaytirish, ularni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida tarbiyalash, fuqarolarimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mazkur ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida joylarda “Ma’naviyat festivali” doirasida “Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tmoqda. Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida o‘tkazilgan navbatdagi tadbir ham barchada yorqin taassurot qoldirdi.  

 Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishdek ezgu maqsadni ko‘zlovchi mazkur tadbirda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari — filologiya fanlari nomzodi Olim Toshboyev, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Muzaffar Ortiqov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, filologiya fanlari doktori, professor Sayyora To‘ychiyeva, tuman hokimligi mutasaddilari, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Shofirkon tuman bo‘linmasi, tegishli tashkilotlar xodimlari hamda Kalon hamda Jo‘ynav mahallalari fuqarolari ishtirok etdi.  

Ishtirokchilar tomonidan Yangi O‘zbekistonning yangilanayotgan Konstitutsiyasi, undagi o‘zgarishlar va ularning aholi turmush farovonligini yuksaltirishga xizmat qilishi haqida fikrlar bildirildi.  

– Yangilanayotgan Konstitutsiyamiz fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini to‘laqonli ta’minlanishiga xizmat qilishi shubhasiz. Bugun barcha sohalarda olib borilayotgan ishlar yurtimiz tinchligi va ravnaqiga hissa qo‘shadi. Biz mustaqil taraqqiyotimiz davrida iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalarda qanday ulkan yutuqlarga erishgan bo‘lsak, ularning barchasiga Konstitutsiyamiz va qonunlarimizga og‘ishmay amal qilganimiz tufayli erishdik. Bu esa mamlakatimizda Konstitutsiya va qonun ustuvorligining amaldagi ifodasidir. Shunday ekan, o‘z huquq va erkinliklarimiz qonuniy asosiga befarq bo‘lmasligimiz shart va befarq emasmiz, – dedi filologiya fanlari nomzodi Olim Toshboyev.  

Mahalla ziyolilari, otaxon va onaxonlar, yoshlar, qolaversa, jamoatchilik vakillari oldimizda turgan muhim siyosiy jarayon, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida o‘z fikrlarini bildirdi.  

Festival doirasida yurtni, insoniy tuyg‘ularni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi.  

 

Dilorom G‘AFFOROVA,  

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi  

Shofirkon tuman bo‘linmasi rahbari  

O‘zA