Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ma’rifat darsi
16:59 / 2025-10-29

Farg‘ona davlat universitetida “Kelajak soati: O‘zbekiston va jahon” mavzusidagi navbatdagi ma’rifat darsi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Ingliz tili va adabiyoti fakulteti talabalari hamda 1-bosqich magistrantlari ishtirok etdi.

Ma’rifat darsini universitet rektori, professor Bahodirjon Shermuhammadov olib bordi. “Rektor soati” doirasida tashkil etilgan ushbu suhbatning asosiy maqsadi talabalarda mamlakatimiz taraqqiyoti va uning jahon hamjamiyatidagi nufuzi haqida chuqur bilim hamda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

Dars davomida O‘zbekistonning mustaqillik yillarida qo‘lga kiritgan yutuqlari, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida amalga oshirilayotgan ochiq va tinchlikparvar tashqi siyosatning mazmun-mohiyati haqida atroflicha fikr yuritildi. Shu bilan birga, mamlakatimiz tashabbusi bilan BMT va boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar doirasida ilgari surilayotgan g‘oyalar hamda ularning amaliy ahamiyatiga to‘xtalib o‘tildi.

Professor Bahodirjon Shermuhammadov o‘z ma’ruzasida yoshlarning global jarayonlarga faol va mas’uliyatli munosabatda bo‘lishi, zamonaviy bilim va salohiyat orqali mamlakat ravnaqiga hissa qo‘shishi muhimligini ta’kidladi.

Ma’rifat darsi yoshlarda Vatanga muhabbat, jahon miqyosidagi islohotlar va hamkorlik jarayonlariga nisbatan ongli munosabatni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Nilufar Bozorova, O‘zA